Fuqarolik kodeksi

279-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish asoslari

(279-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undipuvni qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatni o'zi javobgap bo'lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish mumkin. Agar garov bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo'lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Garov bilan ta'minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar garov bilan ta'minlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining o'n besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.