Garovda turgan mol-mulk garovga qo'yuvchi tomonidan boshqa talablarni ta'minlash uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin.
Navbatdagi garovga, agar u garov to'g'risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan bo'lsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.
Garovga qo'yuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud bo'lgan barcha garovlari haqida ma'lum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin bo'lgan shartlar nazarda tutilgan bo'lsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada ko'rsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Ko'rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplashni garovga qo'yuvchidan talab qilishga haqlidir.
Agar garovga qo'yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta'minlash uchun yana bir garovning (navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga oluvchining talablari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
273-modda. Navbatdagi garov
(273-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.