Fuqarolik kodeksi

259¹-modda. Kreditorlarning talablarini qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan mol-mulki yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi hisobidan qanoatlantirish

(259¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)

Qarzdor tomonidan o'z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bilan ta'minlangan majburiyatlar bo'yicha talablari ushbu mol-mulkning yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatidan mazkur mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi o'ziga tegishli bo'lgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi. Kreditorning imtiyozli huquqi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan yoki uni realizatsiya qilishdan olingan hosilga, mahsulotga va boshqa daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan, garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo'lgan o'z huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi to'g'risida yozuv kiritgan kreditorlar garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditorlar oldidagi o'z talablarini qanoatlantirishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladi. Ayni bir mol-mulkka bo'lgan o'z huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi to'g'risida garov reyestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablari quyidagi navbatga muvofiq qanoatlantiriladi: birinchi navbatda mazkur mol-mulkni ushlab qolish yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotish orqali ta'minlanadigan majburiyatlar bo'yicha talablar qanoatlantiriladi; ikkinchi navbatda majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida turgan mol-mulkni olish yoki kreditor tomonidan ushbu mol-mulkni qarzdorga berishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha talablar qanoatlantiriladi; uchinchi navbatda, agar mol-mulk kreditor tomonidan taqdim etilgan mablag'lar yoki mol-mulk hisobidan olingan (ishlab chiqarilgan) bo'lsa, mol-mulk bilan ta'minlanadigan majburiyatlar bo'yicha talablar qanoatlantiriladi; to'rtinchi navbatda mazkur mol-mulk bilan ta'minlangan boshqa barcha majburiyatlar bo'yicha talablar qanoatlantiriladi. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati ular tomonidan garov reyestriga tegishli mol-mulkka bo'lgan huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi to'g'risidagi yozuvlarni kiritishning xronologik tartibiga (vaqti va sanasiga) muvofiq aniqlanadi. Bunda kreditorlarning har bir keyingi navbatdagi talablari kreditorlarning oldingi navbatdagi talablari to'liq qanoatlantirilganidan so'ng qanoatlantiriladi. Mol-mulkka bo'lgan o'z huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi to'g'risidagi yozuvni garov reyestriga kiritmagan kreditorlarning talablari mazkur mol-mulkka bo'lgan huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi to'g'risidagi yozuvni garov reyestriga kiritgan kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan keyin ushbu mol-mulkning yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatidan kelib chiqqan holda, bunday huquqlar yuzaga kelishining kalendar navbatiga muvofiq qanoatlantiriladi. Kreditor o'z talabini qanoatlantirish navbatidan o'zganing foydasiga voz kechishga, agar bu voz kechish boshqa kreditorlarning huquqlarini cheklab qo'ymasa, haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.