Fuqarolik kodeksi

249-modda. Qarzni depozitga qo'yish yo'li bilan majburiyatni bajarish

Qarzdor o'zi to'lashi lozim bo'lgan pul yoki qimmatli qog'ozlarni notariusning depozitiga, qonunda belgilangan hollarda esa — sudning depozitiga qo'yishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin bo'lmasa: 1) majburiyat bajarilishi lozim bo'lgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs bo'lmasa; 2) kreditor muomalaga layoqatsiz bo'lsa va uning vakili bo'lmasa yoki vakil rozi bo'lmasa; 3) majburiyat bo'yicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yo'qligi ko'rinib turgan bo'lsa, xususan bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar o'rtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan; 4) kreditorning ijroni qabul qilishdan bo'yin tovlashi yoki uning tomonidan boshqacha yo'l bilan kechiktirilishi munosabati bilan. Pul summasini yoki qimmatli qog'ozlarni notarius yoxud sudning depozitiga qo'yish majburiyatni bajarish hisoblanadi. Depozitiga pul yoki qimmatli qog'ozlar qo'yilgan notarius yoxud sud kreditorni bundan xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.