Fuqarolik kodeksi

246-modda. Majburiyatni bajarish joyi

(246-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar majburiyatni bajarish joyi qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilab qo'yilgan bo'lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo'yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak: 1) ko'chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo'yicha — mol-mulk turgan joyda; 2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo'yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida; 3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o'zga majburiyatlari bo'yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma'lum bo'lgan bo'lsa; 4) pul majburiyati bo'yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo'lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o'z yashash joyini yoki joylashgan yerini o'zgartirgan bo'lsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo'lsa — ijro etish joyi o'zgartirilishi bilan bog'liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida; 5) boshqa barcha majburiyatlar bo'yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, uning joylashgan yerida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.