Ulushli yoki birgalikdagi mulk ishtirokchisining kreditori mulkdorda boshqa mol-mulk yetarli bo'lmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga qaratish uchun bu ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asli holida ajratish mumkin bo'lmasa yoki ulushli yoxud birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e'tiroz bildirsalar, kreditor qarzdor o'z ulushini umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib narxda sotib, sotishdan tushgan mablag'larni qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib olishdan voz kechgan taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy mulk huquqidagi ulushiga ushbu ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish yo'li bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
227-modda. Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.