Fuqarolik kodeksi

191-modda. Egasiz ashyo

(191-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)

Egasi bo'lmagan yoki egasi noma'lum bo'lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Agar bu hol topilma to'g'risidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina to'g'risidagi qoidalarda rad etilmagan bo'lsa, egasiz ko'char ashyolarga egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo'lga kiritilishi mumkin. Egasiz ko'chmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining arizasiga muvofiq ko'chmas mol-mulkni davlat ro'yxatiga oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi. Egasiz ko'chmas ashyo hisobga olinganidan keyin bir yil muddat o'tgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati bo'lgan organ yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin. Sudning hal qiluv qaroriga binoan davlat mulkiga o'tmagan deb hisoblangan egasiz ko'chmas ashyo uni tashlab ketgan mulkdorning egaligiga, foydalanishiga va tasarrufiga yana qabul qilinishi yoki egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo'lga kiritilishi mumkin. Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.