Agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o'z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to'qilgan ismdan) foydalanishi mumkin.
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o'z ismini o'zgartirishga haqli. Fuqaroning o'z ismini o'zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi.
Fuqaro o'z ismini o'zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni ko'rishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi o'zgarganligi haqida ma'lumot yo'qligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlar xavfini o'z zimmasiga oladi.
Ismini o'zgartirgan fuqaro o'zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o'z hisobidan tegishli o'zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli.
Fuqaro tug'ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o'zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo'lishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
19-modda. Fuqaroning ismi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.