Mulkdorning qarori bilan muassasaga biriktirib qo'yilgan mol-mulkni operativ boshqarish huquqi, basharti qonun hujjatlarida yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ushbu muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Operativ boshqarishda bo'lgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek muassasada shartnoma bo'yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda mulk huquqini olish uchun belgilab qo'yilgan tartibda muassasaning operativ boshqarishiga o'tadi.
Mol-mulkni operativ boshqarish huquqi mulkdorning qaroriga va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra bekor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
181-modda. Operativ boshqarish huquqining vujudga kelishi va bekor bo'lishi
(181-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.