Mulk huquqi bilan bir qatorda xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi:
operativ boshqarish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;
servitutlar.
Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi, agar qonunchilikda o'zga tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o'zga ashyoviy huquqlarning bekor bo'lishi uchun asos bo'lmaydi.
Mulkdor bo'lmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
165-modda. Mulkdor bo'lmagan shaxslarning ashyoviy huquqlarining mazmuni
(165-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.