Da'vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
omonatchilarning o'z omonatlarini berish to'g'risida bankka qo'yadigan talablariga, shuningdek Omonatlarni kafolatlash agentligiga kafolatlangan omonatlar bo'yicha kompensatsiyalar to'lanishiga doir talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga. Da'vo muddati o'tganidan keyin qo'zg'atilgan talablar da'vo qo'zg'atilishidan oldingi ko'pi bilan uch yil bo'yicha qondiriladi;
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o'z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa ham (ushbu Kodeksning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi e'lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho ob'yektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
163-modda. Da'vo muddati joriy qilinmaydigan talablar
(163-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 18 февралдаги ЎРҚ-1031-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.02.2025 й., 03/25/1031/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.