Da'vo muddati shaxs o'zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan o'ta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Muayyan ijro muddatiga ega bo'lgan majburiyatlar bo'yicha da'vo muddati ijro muddati tamom bo'lganidan keyin o'ta boshlaydi.
Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar bo'yicha da'vo muddati kreditorda majburiyatni bajarish to'g'risida talab qo'yish huquqi paydo bo'lgan vaqtdan o'ta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, da'vo muddati imtiyozli muddat tamom bo'lganidan keyin hisoblana boshlaydi.
Regress majburiyatlar bo'yicha da'vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan o'ta boshlaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
154-modda. Da'vo muddatining o'ta boshlashi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.