Fuqarolik kodeksi

15-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararni to'lash

(15-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo'lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o'rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o'rni davlat organining byudjetdan tashqari mablag'lari yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining mablag'lari hisobidan qoplanadi. Davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablag'lari yetishmagan yoxud davlat organining byudjetdan tashqari mablag'lari yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining mablag'lari bo'lmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan bo'lsa, sudning qarori bilan zararning o'rnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.