Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo'lganligini bilguncha yoki bilishi lozim bo'lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o'z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo'lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo'lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan bo'lsa, ushbu moddaning qoidalari qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
143-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo'lganidan keyin qilgan harakatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.