Fuqarolik kodeksi

137-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari

(137-модда Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 21 декабрдаги ЎРҚ-311-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 51-сон, 542-модда)

Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan boshqa to'lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to'lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki o'qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko'rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, o'zining yashash joyidagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda bo'lgan davolash muassasasining ma'muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.