Fuqarolik kodeksi

126-modda. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash oqibatlari

Agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta'sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo'yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko'rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo'lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo'yilgan bo'lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo'lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo'lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo'lgan shaxsning da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.