Fuqarolik kodeksi

123-modda. Aldash, zo'rlik, qo'rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og'ir holatlar yuz berishi ta'sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Aldash, zo'rlik, qo'rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta'sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og'ir holatlar yuz berishi tufayli o'zi uchun o'ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo'lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bitim yuqorida ko'rsatilgan asoslardan biriga ko'ra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo'yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak, olingan narsani asl holida qaytarishning iloji bo'lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to'lashi kerak. Jabrlanuvchi bitim bo'yicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk davlat daromadiga o'tkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga o'tkazish mumkin bo'lmasa, uning qiymati pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan xarajatlarini, uning mol-mulki yo'qotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni to'laydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.