Shartnoma, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflarning kelishuviga ko'ra tanlangan mamlakat huquqi bilan tartibga solinadi.
Shartnoma taraflari qo'llaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari mumkin.
Qo'llaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi mumkin. Taraflar, shuningdek istalgan vaqtda shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquqni o'zgartirish to'g'risida kelishib olishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1189-modda. Shartnoma taraflarining kelishuviga ko'ra huquqni tanlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.