Fuqarolik kodeksi

1158-modda. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquqni belgilash

Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va e'tirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan bo'lishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning ko'rib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim. Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo'llanilishi lozim bo'lgan huquqni aniqlashning imkoni bo'lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog'langan huquq qo'llanadi. Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo'lganligiga asoslanibgina uni qo'llashni cheklash mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.