Qonun bo'yicha merosxo'rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135 ––1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida chaqiriladilar.
Qonun bo'yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug'ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun bo'yicha meros olmaydilar.
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun bo'yicha meros olmaydilar.
Qonun bo'yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxo'rlar bo'lmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1134-modda. Umumiy qoidalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.