Fuqarolik kodeksi

11-modda. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari

Fuqarolik huquqlari quyidagi yo'llar bilan himoya qilinadi: huquqni tan olish; huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash; davlat organining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o'z huquqini o'zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararni to'lash; neustoyka undirish; ma'naviy ziyonni qoplash; huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o'zgartirish; davlat organining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo'llamasligi. Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.