Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar sub'yektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar ob'yektini ro'yxatdan o'tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko'rsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslyatsiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslyatsiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning e'tiboriga yetkazishga bo'lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1075-modda. Turdosh huquqlar sub'yektlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.