Xizmat vazifalarini yoki xizmat topshirig'ini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) bo'lgan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari asar muallifida saqlanib qoladi.
Xizmat asaridan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlar, agar muallif bilan ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, ish beruvchiga tegishlidir.
Xizmat asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq miqdori va uni to'lash tartibi muallif bilan ish beruvchi o'rtasidagi shartnomada belgilanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qat'i nazar, muallif asar oshkor qilingan vaqtdan e'tiboran o'n yil o'tganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa undan ham oldinroq asardan foydalanish va haq olish huquqini to'liq hajmda qo'lga kiritadi.
Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Ish beruvchi xizmat asaridan har qanday tarzda foydalanishda o'z nomini ko'rsatishga yoxud uni ko'rsatishni talab qilishga haqlidir.
Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshiriqlarini bajarish yo'sinida ushbu Kodeks 1049-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan entsiklopediyalar, entsiklopedik lug'atlar, davriy va davomli ilmiy ishlar to'plamlari, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlarning yaratilishiga ushbu moddaning qoidalari tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1062-modda. Xizmat asariga bo'lgan mualliflik huquqi
(1061–1062-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.