Ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan:
asarning mustaqil ravishda foydalanilishi mumkin bo'lgan qismlari (shu jumladan uning nomi);
hosila asarlar (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, instsenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va san'at asarlarining boshqa qayta ishlanmalari);
to'plamlar (entsiklopediyalar, antologiyalar, ma'lumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko'ra ijodiy mehnat natijasi bo'lgan boshqa jamlama asarlar mualliflik huquqi ob'yektlari hisoblanadi.
Hosila va jamlama asarlar, ularning yaratilishi uchun asos bo'lgan yoki ularning tarkibiga kirgan asarlar mualliflik huquqi ob'yektlari bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1043-modda. Mualliflik huquqi ob'yektlari hisoblanuvchi asarning qismlari, hosila va jamlama asarlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.