Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir ob'yektiv shaklda bo'lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
og'zaki (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g'oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1041-modda. Mualliflik huquqi ob'yekti
(1041-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.