Fuqarolik kodeksi

1030-modda. Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik

Quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi: ijro etish muddati to'lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo'lsa; da'vo muddati o'tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk; ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog'liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag'lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo'lmaganda; mavjud bo'lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qo'lga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yo'qligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.