Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati bo'lmagan taqdirda, qo'lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qo'lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to'lashi, shuningdek agar qo'lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini to'lamagan bo'lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o'zgarishi tufayli ko'rilgan zararni to'lashi lozim.
Egallab olish niyatisiz o'zganing mol-mulkidan yoki o'zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o'sha joyda mavjud narx bo'yicha to'lashi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1026-modda. Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.