Mehnat qobiliyatini qisman yo'qotgan jabrlanuvchi zararni to'lash majburiyati yuklangan shaxsdan istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati sog'lig'iga yetkazilgan shikast tufayli o'ziga zararni undirish belgilangan paytda bo'lganidagiga nisbatan yomonlashsa, qoplash miqdorini tegishlicha ko'paytirishni talab qilishga haqli.
Jabrlanuvchining sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zararni undirish belgilangan paytda bo'lgandagiga nisbatan oshgan bo'lsa, qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga haqli.
Jabrlanuvchi, agar zararning o'rnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan fuqaroning mulkiy ahvoli yaxshilangan bo'lsa, qoplash miqdori esa ushbu Kodeks 1004-moddasining beshinchi qismiga muvofiq kamaytirilgan bo'lsa, zararni to'lash miqdorini ko'paytirishni talab qilishga haqli.
Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan, agar uning mulkiy ahvoli nogironligi yoxud pensiya yoshiga yetganligi sababli zararning o'rnini qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan bo'lsa, zararning o'rnini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin, zarar qasddan yetkazilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1012-modda. Zararni qoplash miqdorining o'zgarishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.