Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari bo'yicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular o'z ta'minoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega bo'lgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod ta'minot va boshqa shunga o'xshash to'lovlar kiritiladi.
Zararning o'rnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo'lganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
boquvchining vafotidan keyin farzand tug'ilishi;
vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan shaxslarga haq to'lashni tayinlash yoki uni to'xtatish.
Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini ko'paytirish nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1010-modda. Boquvchisi vafot etgan taqdirda ko'rilgan zararning o'rnini qoplash miqdori
(1010-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.