Fuqarolik kodeksi

1004-modda. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish

Jabrlanuvchining qasddan ish ko'rishi natijasida yuzaga kelgan zarar to'lanmaydi. Agar jabrlanuvchi o'zining qo'pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko'maklashgan bo'lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim. Jabrlanuvchi qo'pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo'lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat'i nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, zararni to'lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganda tovon to'lashni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Qo'shimcha xarajatlarni to'lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan ko'rilgan zararni to'lashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini to'lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi. Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.