Fuqaro o'zining sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma'lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to'g'ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo'li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxslarning talabiga ko'ra fuqaroning sha'ni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yo'l qo'yiladi.
Basharti, fuqaroning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan bo'lsa, ayni shu ommaviy-axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.
Basharti, bunday ma'lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi ma'lumotlar e'lon qilinganda u ayni o'sha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, o'zini himoya qilish huquqiga ega.
Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to'lash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
O'zining sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma'lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va ma'naviy ziyonning o'rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obro'sini himoya qilish to'g'risidagi qoidasi yuridik shaxsning ishchanlik obro'sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo'sinda tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
100-modda. Sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro'sini himoya qilish
(100-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.