«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

9-modda. Sotuvchining huquq va majburiyatlari

Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega: elektron tijorat sohasidagi ishlab turgan axborot tizimlariga ofertani joylashtirish (taklif etish); o'z elektron savdo maydonchasini va unda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bevosita sotishni tashkil etish; elektron tijoratdagi shartnomalarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish yo'li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish; elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish. Sotuvchi: qonunchilik talablariga rioya etishi; tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga taalluqli boshqa qoidalar to'g'risidagi to'liq axborotni taqdim etishi; elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning qonunchilikka muvofiq saqlanishini ta'minlashi; qonunchilikka muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish chog'ida muomaladan olib qo'yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni amalga oshirmasligi; elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart. Sotuvchi elektron tijoratni davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirgan taqdirda esa qonunchilikda belgilangan litsenziyalash tartibiga, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega. Sotuvchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va uning zimmasida o'zga majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.