Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yo'qotilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi sudning ajrimi;
davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega bo'lgan yolg'on axborot taqdim etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yo'qotilishiga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.