Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan lavozim yo'riqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash uchun asos bo'ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llaniladi:
hayfsan;
o'rtacha oylik ish haqining o'ttiz foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima;
malaka darajasini pasaytirish;
davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish;
egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa intizomiy jazo choralarini qo'llash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn46-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.