Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasini uzluksiz ravishda oshirishdan maqsad uning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni egallashi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasi darajasi uning bilimlari, ko'nikmalari va malakalari darajasini aniqlash imkonini beruvchi axborot tizimlari orqali davlat organi tomonidan muntazam ravishda baholab boriladi.
Qayta tayyorlash, malaka oshirish va mustaqil ta'lim olish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasini uzluksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridir.
Qayta tayyorlash davlat fuqarolik xizmatchisining samarali faoliyati uchun zarur bo'lgan qo'shimcha kasbiy bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etilgan ta'lim jarayonidir.
Malaka oshirish davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasini oshirishga va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan ta'lim jarayonidir.
Mustaqil ta'lim davlat fuqarolik xizmatchisining yangi bilimlar va tajribaga ega bo'lish bo'yicha ishdan bo'sh vaqtida kasbiy kompetentsiyasini oshirish jarayonidir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasini uzluksiz ravishda oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn42-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasini uzluksiz ravishda oshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.