Law on State Civil Service

4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: davlat organi — Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro'yxatiga kiritilgan davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo'lgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma; davlat fuqarolik xizmati — davlat xizmatining bir turi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini ta'minlashga doir haq to'lanadigan kasbiy faoliyatini ifodalaydi; davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetentsiyasi — davlat organining vakolatlarini lozim darajada amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilimlar, malakalar va ko'nikmalar majmui; davlat fuqarolik xizmati lavozimi — davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim; Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan rioya etilishi shart bo'lgan odob-axloq normalari majmui; malaka talablari — davlat fuqarolik xizmatining muayyan malaka darajasi berilishi va (yoki) davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor bo'layotgan nomzodlarga nisbatan davlat organi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetentsiyasiga doir talablar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.