Law on State Civil Service

31-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to'plami

Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to'plami uning shaxsga doir ma'lumotlardan va u tomonidan davlat fuqarolik xizmatini o'tash to'g'risidagi axborotdan iboratdir. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to'plami davlat organining kadrlar bo'linmasi tomonidan yuritiladi. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to'plami elektron shaklda yuritiladi. Davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy hujjatlari to'plamiga davlat fuqarolik xizmatini o'tash bilan bog'liq bo'lmagan axborotni kiritish, shuningdek shaxsiy hujjatlar to'plamidagi axborotni uchinchi shaxslarga davlat fuqarolik xizmatchisining roziligisiz berish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.