Davlat fuqarolik xizmati tizimida yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qo'llashning bir xil amaliyotini ta'minlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan davlat organida monitoring o'tkaziladi.
Monitoring davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunchilikning davlat organi tomonidan ijro etilishini o'rganish yo'li bilan o'tkaziladi.
Monitoring natijasida davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tegishli davlat organi rahbariga davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritadi.
Monitoring o'tkazish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoring
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.