Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari va toifalaridan kelib chiqqan holda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining quyidagi malaka darajalari beriladi:
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining guruhlari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining toifalari Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari Siyosiy Rahbar kadrlar Oliy darajali maslahatchi 1-darajali maslahatchi 2-darajali maslahatchi 3-darajali maslahatchi Boshqaruv Boshqaruv kadrlari 1-darajali xizmatchi 2-darajali xizmatchi 3-darajali xizmatchi Yordamchi Mutaxassislar 4-darajali xizmatchi 5-darajali xizmatchi 6-darajali xizmatchi
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari (bundan buyon matnda malaka darajalari deb yuritiladi), qoida tariqasida, izchil tartibda, oliy ma'lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi to'g'risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo'lgan taqdirda beriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn24-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.