Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarida quyidagilar belgilanadi:
rahbarlar, bo'ysunuvdagilar va boshqa davlat fuqarolik xizmatchilari o'rtasidagi o'zaro axloqiy munosabatlar;
davlat fuqarolik xizmatchisining ishchanlik obro'siga va davlat fuqarolik xizmatining nufuziga putur yetkazishi mumkin bo'lgan harakatlar (harakatsizlik);
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzish ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlarining kadrlar bo'linmalari yoki odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qonunchilikda belgilanadi. Har bir davlat organi Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari asosida faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zining ichki odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn17-modda. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.