Law on State Civil Service

14-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi

Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi), shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Davlat fuqarolik xizmatchisining harakatlari (harakatsizligi) o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab bo'ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs bunday harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanib, ushbu zarar keyinchalik aybdor bo'lgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinadi. Davlat organi rahbarining yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof topshirig'ini bajarish natijasida davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi tomonidan qoplanadi. Zarar miqdori qonunga xilof topshiriqni bergan davlat organi rahbaridan yoki mansabdor shaxsidan regress tartibida undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.