Rules for the stay of foreign citizens in Uzbekistan (Cabinet Resolution No. 408, 1996)

I2-5-band. V. chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi — I2-5-band

Quyidagi hollarda O'zbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit o'tishga ruxsat beriladi: a) havo transporti yo'lovchilari O'zbekiston Respublikasi hududi orqali qo'nmasdan uchib o'tganlarida; b) xalqaro aviayo'nalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga o'tib uchishda hamda yo'lovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud bo'lganda, ularda samolyotdan samolyotga o'tish sanasi tasdiqlanganda, O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yo'lovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega bo'lmaydilar; v) O'zbekiston Respublikasi tegishli hukumatlararo bitimlarga ega bo'lgan mamlakatlar fuqarolariga. g) O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari bo'linmalariga passajirlar to'g'risida oldindan o'z vaqtida ma'lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovada ko'rsatilgan davlatlarning O'zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o'tadigan fuqarolariga besh sutkadan ortiq bo'lmagan muddatda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.