Quyidagi hollarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi:
hujjatlar to'liq bo'lmaganda yoki unda noaniqliklar bo'lganda;
chet el fuqarosini yuridik shaxs chaqirganda va talabnoma uning mansabdor shaxsi tomonidan imzolanmaganda;
hujjatlardagi imzo yoki muhrning qalbakiligi aniqlanganda;
hujjatlar talabnomada ko'rsatilgan mas'ul shaxsdan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda;
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) taqdim etilmaganda, shuningdek, ular hujjat topshirayotgan vaqtda O'zbekiston Respublikasidan tashqarida bo'lganda;
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) yaroqsiz holga kelganligi aniqlanganda, amal qilish muddati tugagan yoki viza rasmiylashtirish uchun bo'sh varaqlari bo'lmaganda;
chet el fuqarosi vizada ko'rsatib o'tilgan safarlar sonidan ortiq O'zbekiston Respublikasiga kirib chiqqanda;
chet el fuqarosining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddati tugaganda, vaqtincha ro'yxati bo'lmaganda (16 yoshga to'lmagan chet el fuqarodan tashqari);
chet el fuqarosi milliy pasporti (harakatlanish hujjati)ning amal qilish muddati uch oydan kam qolganda.
lex.uz’dagi asl matnRules for the stay of foreign citizens in Uzbekistan (Cabinet Resolution No. 408, 1996)
15¹⁹-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹⁹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.