«IT-visa»sini uzaytirish uchun chet el fuqarolari tomonidan vakolatli organga mazkur Tartibning 15³-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari IT-park direktsiyasining tavsiyasi taqdim etiladi.
15¹³.Chet ellik investor va uning oila a'zolari (turmush o'rtog'i va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 15³-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonasidan iltimosnoma, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to'g'risidagi tegishli ma'lumotnomalardan biri taqdim etiladi.
Ma'lumotnoma:
«Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan aktsiyalari miqdori to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilgani to'g'risida beriladi.
lex.uz’dagi asl matnRules for the stay of foreign citizens in Uzbekistan (Cabinet Resolution No. 408, 1996)
15¹²-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15¹²-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.