Quyidagilar:
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida elektron tizimi orqali vaqtincha ro'yxatga olish tartibotlarini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy ro'yxatga olish, ularning boshqa manzilga ko'chishi, xorijiy davlatga ketishi, doimiy yashash ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatga olinganligini bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Qoraqalpog'iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish, ularning boshqa manzilga ko'chishi, xorijiy davlatga ketishi, doimiy yashash ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatga olinganligini bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
lex.uz’dagi asl matnQ1-band. Q1-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.