Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik ro'yxatida turuvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga O'zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi bo'linmalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to'g'risidagi nizomda:
a) 14-bandining uchinchi xatboshidagi «vaqtinchalik propiska qilinganligi» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi» so'zlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandining uchinchi xatboshidagi «propiska qilingan» so'zlari «yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
v) 26-banddagi «doimiy propiska qilingan» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
g) 30-bandidagi «propiska mavjudligi yoki O'zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarish» so'zlari tegishincha «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi yoki O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan chiqarilganligi» so'zlari bilan almashtirilsin;
d) 49-bandning ikkinchi xatboshidagi «Propiskaga qo'yish (propiskadan chiqarish)» so'zlari «Doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish (ro'yxatdan chiqarish)» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matnI4-98-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-98-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.