Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomda:
a) 14-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«14. Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyi bo'yicha, doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan bo'lmasa — vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joylarida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi»;
b) 17-bandning «a» kichik bandida:
beshinchi xatboshidagi «doimiy yoki vaqtinchalik propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi» so'zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi «doimiy yoki vaqtinchalik propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matnI4-42-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-42-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.