Vazirlar Mahkamasining «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo'llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 20-modda):
a) 1-ilovada:
12-bandning o'n ikkinchi xatboshidagi «doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning to'rtinchi xatboshidagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
nizomga 2-ilova 4-banddagi «Doimiy propiska» so'zlari «Doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
«Ma'lumotning nomi» ustunida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan shaxslarning soni, doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan/ro'yxatdan chiqarilgan kun».
2-banddagi «doimiy propiska qilingan yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi «doimiy propiska qilingan» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matnI4-32-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-32-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.