Regulations on temporary and permanent registration of foreign citizens (Cabinet Resolution No. 593, 2020)

I3-70-band. 4-bob. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatini bekor qilish tartibi — I3-70-band

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs ushbu Nizomning 69-bandiga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsatnoma bekor qilinishidan bosh tortgan taqdirda, uni O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish masalasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasida bo'lishi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu shaxslarning O'zbekiston Respublikasida qolishi uchun quyidagi holatlar asos bo'lishi mumkin: ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublika hududida joylashgan boshqa davlat hokimiyati yoki boshqaruvi organiga, xo'jalik birlashmasiga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotiga ishga o'tishi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xususiy mulk qilib olingan uy-joyga ega bo'lishi; Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatdan o'tgan turmush o'rtog'i bilan birga yashayotgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.