Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin MvaFRB tomonidan bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning to'liqligi va haqiqiyligi tekshiriladi hamda ariza beruvchi Ro'yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo'lgan taqdirda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro'yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so'rovnoma shakllantiriladi.
MvaFRB rahbari yoki uning o'rinbosari o'z rezolyutsiyasida ariza beruvchini Ro'yxatning qaysi bandiga asosan doimiy ro'yxatga olish zarurligini ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matnI3-61-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-61-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.